Markaz haqida

Bugungi kunda hech bo‘lmasa, bir chet tilini bilish — sizning ustunligingiz emas, balki zaruratga aylandi. Agar keyinchalik aksioma sifatida idrok etilsa, unda aynan qaysi tilni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi, ko‘pchilik uchun bu noaniq bo‘lib qolmoqda. Mazkur masalani to‘g‘ri hal etishga «www.california.uz» saytimiz yordam beradi.

Bugungi kunda eng ommaviy tillar bu jahon tillari deb ataladigan tillar — ya’ni, xalqaro darajada hamkorlik munoabatlarida muloqot qilinadigan tillardir. Yetakchi uchlikda birinchi o‘rinni, albatta, sayyoramizda rasmiy biznеs-tili— ingliz tili egalaydi. Undan keyingi o‘rinda tеxnika va moliyaviy nеmis, shuningdek, Fransiya yoki fransuzlar bilan ishlaydiganlar o‘rganishga intiladigan fransuz tili turadi (ma’lumki, mazkur mamlakat fuqarolari o‘z madaniyatlari va ona tiliga juda hayajon bilan munosabatda bo‘ladilar va ingliz yoki nemis tilidan ko‘ra, fransuz tilida muloqot qilgan hamkorlarni juda yuqori baholaydilar). Ko‘pchilik shunday o‘ylaydi va bu juda to‘g‘ri. Biroq har doim ham ko‘pchilikning fikri ish beruvchilar fikriga mos kelavermaydi. Doim ommaviylik samaradorlikka sinonim bo‘la oladimi?

Ingliz tilining dolzarbligiga gumon qilishning hojati yo‘q – barcha ma’lumotli zamonaviy inson bu tilni bilishi shart deb hisoblanadi. O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida hamkorlik munosabatlari mustahlanishi bilan ko‘plab yutdoshlarimiz nemiz tilini o‘rganishga katta e’tibor qaratmoqdalar. Fransuz tilini o‘rganishga qiziqish masalasiga kelsak, uning ommaviyligi ko‘proq – tilni yoqtirish, mamlakat tarixini bilishga intilish yoki aytaylik, fransuz kompaniyasiga ishlash sababli individual zarurat bilan asoslanadi. Yetakchi uchlikka o‘z ommaviyligi bilan bir xil darajada bo‘lgan ispan va italyan tillari kiradi.