Metod

California Education Centre

10 oy test imtixonlariga puxta tayyorlanish uchun yetarli muddatmi? Ha! Albatta! Agar sizda ishtiyoq bo‘lsa, bunga bemalol ulgurasiz. Sizdan o‘z kuchingizga ishonch va bizning maslahatlarga amal qilish so‘raladi. Markazimizga tashrif buyurib, bunga o‘zingiz ham ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Tarix

Biz sizga mutlaqo yangi testlar jamlanmasi va video darslar taklif qilamiz. Agar siz yuridik instituti yoki Islom universiteti talabasi bo‘lishni istasangiz, Harbiy bilim yurtiga hujjat topshirishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, dars soatlaringiz uzaytirib beriladi.

Ona tili va adabiyot

Bunda faqatgina nazariy bilimlar bilan cheklanmaymiz. Yozuvchi va shoirlarning markazimizda mehmon bo‘lib, amaliy maslahatlari bilan o‘rtoqlashishi kutilmoqda. Shuningdek, inovatsion testlardan iborat yangi kitoblar va metodlarda kichik guruhlar tashkil qilishni maqsad qilib qo‘ydik.

Ingliz tili

Bunisi siz o‘ylaganingizdan ko‘ra osonroq bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining 11-avgustdagi qaroriga asosan CEFR yo‘nalishi bo‘yicha B2 sertifikatini olishga tayyorlaymiz (Listening, Reading, Writing, Speaking). Demak, sizda maksimal ball — 111.6 ni qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘lishi mumkin.

Ha, aytgancha, ko‘pchilik abituriyentlar grammatikani yaxshi o‘zlashtiradi. Biroq test savollarini ishlashda qiyinchilikka duch keladi. Buning oldini olish uchun Harry Williams va ESL kitoblaridan foydalanilgan holda maxsus darslarni yo‘lga qo‘yishga va’da beramiz.

Rus tili

Rus tili yo‘nalishlarida ballar nisbatan pastroq bo‘ladi. Biroq rus tilini yaxshi bilmaydigan abituriyentlar test ishlashda qiynalishadi, til bilmasliklari keyinchalik ham ularga pand beradi. Biz mana shunday abituriyentlarga tezlashtirilgan innovatsion metodlardan foydalangan holda tahsil beramiz.

Matematika

Mutlaqo yangi testlar va video roliklar bilan boyitilgan darslar sizni kutib turibdi. Agar siz Westminister talabasi bo‘lish orzusida bo‘lsangiz, biz sizga matematikani ingliz tilida o‘tib beramiz.

Biologiya

Biz endi dars soatlarini uzaytirdik. Testlarni yangiladik, yangi mavsum oldidan bu fan ham o‘z talabgorlarini kutib turibdi.

P.S. Test sinovlarida past ball to‘plagan abituriyentlar tushkunlikka tushishi shart emas. Biz ularni ham e’tibordan chetda qoldirmaymiz va alohida guruh tashkil qilamiz. Yangi testlardan iborat alohida dastur ular uchun muntazir. Boisi ular eski qo‘llanmalardan allaqachon zerikib qolishgan. Agar sizda ishtiyoq bo‘lsa, navbatdagi avgust sari ilk qadamlarni bugundan boshlashingiz mumkin.